Yangiliklar

Oʻzbekiston terma jamoasi Kuvayt va Urugvayga qarshi bahslarga hozirlanmoqda

6-oktyabrdan
Oʻzbekiston terma jamoasi Kuvayt va Urugvayga qarshi bahslarga hozirlanmoqda / Foto: O‘FA

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 6-oktyabrdan navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini boshlaydi. Bu haqda O‘FA ma’lum qildi.

Dastur doirasida 9-oktyabr kuni Toshkentda Kuvayt terma jamoasi, 13-oktyabr kuni esa Malayziyaning Melakka shahrida Urugvay terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkaziladi.

Ushbu oʻyinlar uchun bosh murabbiy Timur Kapadze 30 nafar futbolchini chaqirdi. Roʻyxatda Eldor Shomurodov, Otabek Shukurov, Jaloliddin Masharipov oʻrnini egallayotgan Jasur Erkinov, Odiljon Hamrobekov, Aziz Gʻaniev, Dostonbek Turdimurodov, Igor Sergeev kabi futbolchilar ham bor.

Mazkur yigʻin va uchrashuvlar jamoaga xalqaro tajriba toʻplash, tarkibni sinovdan oʻtkazish hamda kelgusi rasmiy musobaqalarga tayyorgarlik koʻrishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2027-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionati O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkazilishi haqida yozgan edik.