
O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi Avstraliyada Rubicon Water kompaniyasi vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazdi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Muzokaralarda sug‘orish tizimlarini raqamlashtirish, suvdan foydalanishni optimallashtirish va avtomatlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar qo‘shma loyihalarni kengaytirish, mahalliy mutaxassislar uchun o‘quv dasturlari ishlab chiqish va tajriba almashish bo‘yicha kelishib olishdi.

Rubicon Water yirik irrigatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha yetakchi kompaniya bo‘lib, avtomatlashtirilgan eshiklar, oqim o‘lchagichlar va aqlli dasturiy ta’minot ishlab chiqadi. Bu texnologiyalar suvni real vaqt rejimida boshqarib, samaradorlikni oshiradi va yo‘qotishlarni kamaytiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Misr «yashil iqtisodiyot» bo‘yicha hamkorlik qilishi haqida xabar bergan edik.