O‘zbekistonda dollar hafta davomida qanchaga tushdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi besh kun ichida dollar kursida pasayish ustun bo‘ldi. Kursiv Uzbekistan nashri dollar kursining hafta davomidagi o‘zgarishi haqidagi navbatdagi maqolasini taqdim etadi.
29-sentabr kuni kurs 61,04 so‘mga arzonlashib, 12 138,67 so‘m qilib belgilangan. 30-sentabrda pasayish davom etdi va kurs 12 067,76 so‘mni tashkil qildi.
Sana | Dollar kursi (so‘m) |
---|---|
29-sentabr | 12 138,67 |
30-sentabr | 12 067,76 |
2-oktabr | 12 084,10 |
3-oktabr | 12 099,72 |
Oktabr boshida esa holat biroz o‘zgardi. 2-oktabr kuni dollar 16,34 so‘mga ko‘tarilib, 12 084,10 so‘m etib qayd etildi. 3-oktabrda ham o‘sish davom etdi va kurs 15,62 so‘mga oshib, 12 099,72 so‘mga teng bo‘ldi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, AQSh valyutasi umumiy hisobda 38,95 so‘mga pasaygan.
Dollarning o‘zgarishi

Dollar nega pasaymoqda?
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi mudiri Ikbaljon Kasimovning yozishicha, 2020 – 2024-yillar davomida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi izchil o‘sib borgan bo‘lsa-da, savdo balansining salbiy qoldig‘i saqlanib qolmoqda.
Jumladan, 2024-yilda eksport hajmi 26,94 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. Import 38,98 milliard dollarga yetib savdo balansining salbiy qoldig‘i 12,03 milliard dollarga yetgan. Bu holat O‘zbekistonning tashqi savdosida ijobiy o‘sish tendensiyasi bilan birga, importning ustunligini va savdo disbalansi muammosi saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 6-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilingani haqida yozgan edi.
Unga ko‘ra, shu kun uchun AQSh valyutasi 12 060,48 so‘m (-39,24 so‘m) etib belgilandi.