O‘zbekistonning Janubiy Afrikadagi birinchi elchisi tayinlandi
eʼlon qilindi
Ashraf Xo‘jayev

O‘zbekistonning Janubiy Afrika Respublikasidagi birinchi elchisi etib Ashraf Xo‘jayev tayinlandi. U 2-oktabr kuni Pretoriya shahrida prezident Siril Ramafosaga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Foto: Janubiy Afrika respublikasi prezidentligining Twitter’dagi rasmiy sahifasi


Eslatib o‘tamiz, Ashraf Xo‘jayev 2024-yil fevralida O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi etib tayinlangandi.
Avvalroq O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi Nodirjon Turg‘unov Saudiya Arabistoni valiahdi va bosh vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saudga ishonch yorliqlarini topshirgandi. Marosim Ar-Riyoz shahridagi Al-Yamama saroyida bo‘lib o‘tgan. Tadbirda valiahd Saudiya podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud nomidan 37 ta xorijiy davlat elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qildi.