Safe Road orqali chiroyli avtoraqamlar savdosi ishga tushdi

eʼlon qilindi
Auksionga chiqarilgan va sotilmagan 1 − 3-toifa raqam belgilari
YHXX haydovchilar
Foto: stefanovicigor / www.depositphotos.com

Safe Road mobil ilovasida endilikda chiroyli avtoraqamlarni sotib olish mumkin. Bu haqda ilova kanalida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, avval auksionga chiqarilgan va sotilmagan 1 − 3-toifa raqam belgilarini yagona oshirilgan to‘lov asosida olish imkoniyati yaratildi.

To‘lov miqdori jismoniy shaxslar uchun 7 mln so‘m (BHMning 17 baravari), yuridik shaxslar uchun esa 10,3 mln so‘m (BHMning 25 baravari) etib belgilangan.

Hozir xizmat test rejimida ishlamoqda. Ilovada «Xizmatlar» bo‘limidagi «Avtoraqam sotib olish» funksiyasi orqali foydalanuvchilar hudud, raqam turi (gorizontal yoki kvadrat), avtomobil dvigateli turini va ma’qul raqam kombinatsiyasini tanlashi mumkin. So‘ng qidiruv tugmasi bosilgach, mavjud variantlar ko‘rsatiladi.

Xizmat onlayn tarzda to‘lov qilish va avtoraqamni ortiqcha qog‘ozbozlik hamda navbatlarsiz qabul qilib olish imkoniyatini beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ilovada avtomobil raqami orqali haydovchiga xabar yuborish imkoni paydo bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek