Samarqandda hokimliklardan uy-joylar va inshootlar uchun 90 mlrd so‘mga yaqin kompensatsiya undirildi

eʼlon qilindi
Buzilgan uy-joylar uchun
Mahalliy hokimiyat xodimlarini rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
Samarqandda hokimliklardan 90 mlrd so‘mga yaqin kompensatsiya undirildi. Foto: Facebook/Sun’iy intellekt

Samarqandda 2025-yilda hokimliklardan buzilgan uy-joylar va inshootlar uchun 90 mlrd so‘mga yaqin kompensatsiya undirildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yil davomida Samarqand viloyati hududiy bo‘limlarga bir trillion so‘mlik 81 mingdan ortiq ijro hujjatlari kelib tushgan. Olib borilgan ishlar natijasida 20 mingdan ortiq hujjat yakunlanib, 127 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ undirildi.

Shuningdek, buzilgan uy-joylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa inshootlar uchun kompensatsiya undirish bo‘yicha 218 ta ish ko‘rib chiqilib, 89,9 milliard so‘m to‘lab berildi.

Bundan tashqari, 644 nafar fuqaro foydasiga 5,1 milliard so‘m, jumladan, bir milliard so‘mdan ortiq ish haqlari va 8,1 milliard so‘mlik yetkazilgan zarar pullari undirib berildi.

Hozirda esa fuqarolar foydasiga 61 mingdan ortiq (659,2 milliard so‘m) va yuridik shaxslar foydasiga 78 mingta (2 trillion so‘m) ijro ishlari bo‘yicha jarayonlar davom etmoqda.

Bundan avval Imom Moturidiy rekonstruksiyasi sababli buziladigan uylar bozor bahosida kompensatsiya qilinishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek