Gadjetlar

Samsung Galaxy S26 Ultra’da yangi maxfiylik funksiyasi paydo bo‘ladi

Samsung Galaxy S26 Ultra’da yangi maxfiylik funksiyasi paydo bo‘ladi / Foto: Notebookcheck

Samsung kompaniyasi o‘z smartfonlari uchun ekranni himoya qilishning butunlay yangi texnologiyasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.

One UI 8.5 tizimida topilgan Privacy Display funksiyasi yordamida foydalanuvchi ekrandagi ma’lumotlarni begona ko‘zlardan yashira oladi. Bu texnologiya maxsus plyonka emas, balki bevosita ekran ichiga o‘rnatiladi va istalgan payt yoqib-o‘chirish mumkin.

Foto: @achultra
Foto: @achultra

Sozlamalarda Auto Privacy tugmasi paydo bo‘ladi. U odam ko‘p to‘planadigan joylarda — masalan, metro yoki liftda – avtomatik tarzda maxfiy rejimni yoqadi. Foydalanuvchi jadval bo‘yicha ishlash vaqtini belgilashi yoki ayrim dasturlar uchun alohida cheklov o‘rnatishi mumkin.

Privacy Display nafaqat ekranning ko‘rish burchagini toraytiradi, balki shaxsiy belgilanadigan elementlarni ham yashira oladi. Masalan, bildirishnomalar, «kadr ichida kadr» oynalari yoki «shaxsiy» deb belgilangan galereya suratlari ko‘rinmay qoladi.

Eng yuqori darajadagi Maximum Privacy rejimida esa ekran yorqinligi ham pasayadi. Bu esa begona odamlar uchun ma’lumotni ko‘rishni yanada qiyinlashtiradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S25 yoki Google Pixel 10 smartfonlarini taqqoslagan edi.