Yangiliklar

Toshkentda sifatsiz tibbiyot buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Ikki nafar shaxs 7,6 ming quti jarrohlik igna ipini $10 mingga sotayotganida ushlandi
Toshkentda sifatsiz tibbiyot buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
Toshkentda sifatsiz tibbiyot buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi. Foto: Prokuratura Departamenti

Toshkentda sifatsiz tibbiyot buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ikki nafar shaxs boshqa fuqaroga 7,6 ming quti jarrohlik igna ipini $10 mingga sotayotganida qo‘lga olingan.

Tadbir davomida ulardan umumiy bahosi 214,5 million so‘mlik 23 turdagi 13,6 ming dona sifati kafolatlanmagan tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq dori vositalari va tibbiy jihozlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi yangilanishi haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, endilikda tibbiy jihozlar xavf darajasiga qarab 4 toifaga bo‘linadi va faqat klinik tadqiqotlarning ijobiy natijasi asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Tibbiy jihozlarni chakana sotish faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi. Endilikda ushbu faoliyatni faqat vakolatli organni xabardor qilish orqali yuritish mumkin bo‘ladi.