Yangiliklar

Markaziy Osiyoda dollar: AQSh valyutasi qo‘shni davlatlarda qanday o‘zgardi

Qozog‘istonda dollar bir hafta ichida 3,31 tengega qimmatlashdi
dollar
Dollar kursining Markaziy Osiyodagi o‘zgarishi qanday bo‘ldi / Foto: Depositphotos

Markaziy Osiyoda so‘nggi kunlarda dollar kursi turlicha o‘zgardi. Ba’zi mamlakatlarda milliy valyuta mustahkamlangan bo‘lsa, ayrimlarida dollar biroz kuchaygani kuzatildi. Bu jarayonlar mintaqaning umumiy iqtisodiy barqarorligi va tashqi bozorlardagi omillar bilan chambarchas bog‘liq. Kursiv Uzbekistan nashrining navbatdagi maqolasida dollar kursining Markaziy Osiyodagi o‘zgarishi haqida so‘z boradi.

Ushbu maqola orqali quyidagilarni bilib olasiz:

Dollarning O‘zbekistondagi o‘zgarishi;

Qozog‘istonda dollar;

Dollarning Qirg‘izistondagi o‘zgarishi;

Tojikistonda dollar;

O‘zbekiston

Dollarning so‘m nisbatan o‘zgarishi / Grafik SI yordamida yaratilgan

O‘zbekistonda sentabr oxiri va oktabr boshida dollar kursi asosan pasayish tendensiyasida davom etdi. 29-sentabr kuni AQSh valyutasi 61,04 so‘mga arzonlab, 12 138,67 so‘m qilib belgilandi. 30-sentabrda pasayish davom etdi va kurs 12 067,76 so‘mni tashkil qildi. Oktabr boshida esa vaziyat biroz o‘zgardi. 2-oktabrda dollar 16,34 so‘mga oshib, 12 084,10 so‘m bo‘ldi. 3-oktabrda esa yana 15,62 so‘m ko‘tarilib, 12 099,72 so‘mga yetdi. Qisqa muddatli o‘sishlarga qaramay, umumiy hisobda dollar 38,95 so‘mga pasaydi.

Qozog‘iston

Foto: Nationalbank.kz saytidan ekran tasviri

Qozog‘istonda dollar kursi aksincha mustahkamlandi. 27–29 sentabr kunlari 544,26 tenge darajasida barqaror turgan kurs 30-sentabrda 548,79 tengega chiqdi. 1-oktabrda 549,06 tenge, 2-oktabrda esa 549,15 tenge qayd etildi. 3-oktabrda 546,96 tengega biroz pasaydi, biroq 4-oktabrda yana 547,57 tenge bo‘ldi. Umumiy hisobda dollar bir hafta ichida 3,31 tengega qimmatlashdi.

Qirg‘iziston

Foto: nbkr.kz saytidan ekran tasviri

Qirg‘izistonda esa kurs deyarli o‘zgarmadi, lekin umumiy hisobda pasayish qayd etildi. 29-sentabrda dollar 87,45 som bo‘lgan bo‘lsa, 30-sentabrda 87,4019 somga tushdi. 1-oktabrda 87,4096 som qilib belgilandi. 2 va 3-oktabrda yana 87,45 som darajasida qayd etildi. 4-oktabrda esa 87,4396 som bo‘ldi. Demak, hafta davomida kurs 0,0104 somga pasaydi, ya’ni dollarning qadriga deyarli ta’sir qilmagan kichik o‘zgarish kuzatildi.

Tojikiston

So‘nggi kunlarda Tojikistonda dollar kursida barqaror pasayish kuzatildi. Sentabr oxiridan boshlab oktabrning ilk kunlariga qadar AQSh valyutasi somoniyga nisbatan asta-sekin zaiflashdi.

29-sentabrda 1 AQSh dollari 9,4063 somoniy qilib belgilangan bo‘lsa, 30-sentabrda u biroz pasayib 9,3983 somoniyga teng bo‘ldi. 1-oktabrda dollar yana tushib, 9,3851 somoniyni tashkil etdi. 2-oktabrda pasayish davom etdi va kurs 9,3746 somoniy bo‘ldi. 3-oktabrda esa yanada keskinroq tebranish kuzatilib, dollar 9,3307 somoniy darajasiga tushdi. 4-oktabrga kelib esa kurs 9,3166 somoniy qilib belgilandi.

Shunday qilib, qisqa muddat ichida dollar umumiy hisobda 0,0897 somoniyga arzonladi. Bu esa so‘nggi haftada Tojikiston milliy valyutasi somoniy biroz kuchayganini ko‘rsatadi.

Turkmaniston

Turkmaniston milliy valyutasi haftada barqaror qoldi – 1 AQSh dollari 3,50 manat qilib belgilangan. Ammo mamlakatda valyutaning erkin konvertatsiyasi mavjud emas. Shu sababli norasmiy bozorda dollar rasmiy kursdan ancha yuqori bahoda sotilishi mumkin. Bu holat O‘zbekistonda 2016-yilgacha kuzatilgan vaziyatni eslatadi.

Ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda dollar qisqa muddatli ko‘tarilishlarga qaramay umumiy hisobda pasaygan bo‘lsa, Qozog‘istonda u mustahkamlandi, Qirg‘izistonda va Tojikistonda esa juda kichik miqdorda pasaydi. Bu farq mintaqa davlatlarining iqtisodiy siyosati, valyuta bozorini boshqarish usullari va tashqi bosimlarga turlicha munosabatidan dalolat beradi.

Avvalroq O‘zbekistonda dollar hafta davomida qanchaga tushgani haqida yozgan edik.