Lifestyle

P.Diddy toʻrt yilga ozodlikdan mahrum etildi

P.Diddy
Foto: Bennett Raglin/Getty Images

Amerikalik mashhur reper P.Diddy AQSh Federal sudi tomonidan 50 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Nashrga koʻra, reper bundan tashqari $500 ming jarimaga ham tortildi. Sudya Arun Subramanyan hukmni e’lon qilar ekan, bu qaror ayollarga nisbatan zoʻravonlik va ekspluatatsiya uchun jazoning muqarrarligini koʻrsatishi kerakligini ta’kidladi.

Reperning advokatlari keyingi haftada qamoq jazosini qayerda oʻtash boʻyicha tavsiyalarini taqdim etadi. Yakuniy qarorni esa Qamoqxonalar byurosi qabul qiladi. Nashrning qayd etishicha, yaxshi xulq-atvor evaziga P.Diddy jazoni toʻliq emas, taxminan 2,5 yil qamoqda oʻtirishi mumkin.

Bundan avval sud uni fohishalik maqsadida odam tashishda aybdor deb topgan edi, lekin odam savdosi va reket ayblovlari boʻyicha oqlangan.

Ma’lumot uchun, unga oʻtgan yilning kuzida hibsga olingan, unga jinsiy ekspluatatsiya maqsadida odam savdosi va uyushgan jinoyatchilikda ishtirok etish ayblovlari qoʻyilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan amerikalik reper Pi Diddy odam savdosida ayblanib hibsga olingani haqida xabar bergan edi.