Farg‘onada soliq idorasi xodimi pora ustida ushlandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Farg‘onada soliq idorasi xodimi pora ustida ushlandi / Foto: DXX

Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasining tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi katta inspektori o‘z ukasiga tegishli yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga $30 ming pora talab etgan. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

U 2023-yilda Farg‘ona tumanida elektron auksion orqali 30 yilga ijaraga berilgan 48 sotix qishloq xo‘jaligi yerini «tanishlari orqali» xaridor nomiga o‘tkazib berishni va’da qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda inspektor pulni olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25 va 168-moddalari 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq DXX Buxoroda tadbirkorning qariyb 1 mlrd so‘mi talon-toroj qilinganini aniqlagan edi.

Shuningdek