Yangiliklar

Motorola olti millimetrdan yupqa yangi smartfonini taqdim etmoqchi

Yangi Motorola Edge 70 Xitoyda X70 Air nomi bilan chiqadi
Motorola olti millimetrdan yupqa yangi smartfonini taqdim etmoqchi / Foto: Evan Blass

Motorola kompaniyasi olti millimetrdan kam qalinlikdagi yangi model ustida ishlamoqda. Mashhur insayder Evan Blass qurilmaning ilk suratlarini e’lon qildi.

Yangi Motorola Edge 70 Xitoyda X70 Air nomi bilan chiqadi. Qurilma 50 megapikselli kamera (OIS bilan) va Dolby Atmos qo‘llab-quvvatlovchi stereodinamikalar bilan jihozlanishi kutilmoqda.

Foto: Evan Blass

Modelning toifasi hali noma’lum — u yuqori darajadagi protsessorga ega bo‘lsa, iPhone Air va Galaxy S25 Edge bilan, aks holda Tecno Pova Slim bilan raqobatlashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Motorola kompaniyasi yangi Moto G100 Pro modelini taqdim etgan edi.