Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

eʼlon qilindi
Davlatlararo hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi
Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi / Foto: Prezident.uz

Shavkat Mirziyoyev 5-oktabr kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Suhbat chog‘ida davlat rahbari Rahmonga mustahkam sog‘lik, baxt va Tojikiston xalqiga farovonlik tiladi.

Mirziyoyev Tojikiston rahbarining mamlakat taraqqiyoti va xalqaro nufuzini oshirishdagi hissasini, shuningdek, O‘zbekiston bilan do‘stlik va ittifoqchilik aloqalarini mustahkamlashdagi rolini yuqori baholadi.

Suhbatda ikki davlat o‘rtasidagi savdo, sanoat, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish va yangi amaliy hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash muhimligi ta’kidlandi.

Tomonlar yaqin kunlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar kun tartibini ham muhokama qildilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek