Tolibon universitet o‘qituvchilariga smartfondan foydalanishni taqiqladi

eʼlon qilindi
Oliygoh xodimlariga ham
Tolibon universitet o‘qituvchilariga smartfondan foydalanishni taqiqladi / Foto: ABC News

Afg‘onistonda Tolibon hukumati oliy ta’lim tizimida to‘rtinchi darajadan past lavozimdagi o‘qituvchilar va xodimlarga smartfonlardan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda «Afghanistan International» xabar berdi.

Qaror Oliy ta’lim vazirligi rahbariyat kengashida qabul qilingan. Unda smartfonlardan foydalanish «ishdagi chalg‘ish va murakkabliklarni oshiradi» deb qayd etilgan. Shu sababli xodimlar ish vaqtida telefonlardan foydalanmasliklari, ularni ish joyiga olib kelmasliklari kerak.

Uchinchi darajadan yuqori lavozimdagilarga esa telefonlardan foydalanishni bosqichma-bosqich kamaytirish tavsiya etilgan.

Tolibon rahbari Hibatulloh Oxundzoda avval ham smartfonlardan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha diniy qaror (fatvo) chiqishini so‘ragan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tolibon Afg‘onistonda internetga ta’qiq qo‘yilishi bo‘yicha munosabat bildirgan edi.

Shuningdek