Toshkent – Nukus yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yiladi
eʼlon qilindi
Chiptalar booking.uzairways.com saytida

6-oktabr kuni Toshkent – Nukus – Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha HY011/HY012 reyslari amalga oshiriladi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, samolyot Toshkentdan soat 10:00 da uchib, 11:40 da Nukusga yetib boradi. Qaytish reysi esa soat 19:00 da jo‘nab, 20:20 da Toshkentga qaytadi.
Barcha vaqtlar mahalliy vaqt bo‘yicha ko‘rsatilgan. Chiptalarni booking.uzairways.com sayti, mobil ilova, Uzbekistan Airways savdo ofislari yoki rasmiy agentlar orqali xarid qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Etihad Airways O‘zbekistonga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgan edik.