Xovos tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

eʼlon qilindi
Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Pora
Xovos tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi Foto: Poole.ncsu.edu

Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimi o‘rinbosari va viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi mutaxassisi noqonuniy boylik orttirish maqsadida fermerdan pora olgani aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ular fermer xo‘jaligini himoya qilish va yer taqsimotiga kiritish bahonasida jami $30 ming talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular 10 ming dollarni olgan vaqtida qo‘lga olingan. Hozirda har ikki shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ish qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi.

Shuningdek, Navoiy viloyati Karmana tumanida hokim yordamchisi ham pora olayotganda ushlandi. U tadbirkordan M-37 avtomobil yo‘li yoqasidagi yer maydonini rasmiylashtirib berish uchun 100 mln so‘m talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari uni 40 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlashgan.

Hozirda hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada soliq idorasi xodimi pora ustida ushlangan edi.

Shuningdek