Yangi Xiaomi 17 Xitoyda sotuvga chiqdi

eʼlon qilindi
Narxi $740 atrofida
Yangi Xiaomi 17 Xitoyda sotuvga chiqdi / Foto: Xiaomi

5-oktabr kuni Xitoyda Xiaomi 17 smartfonining yangi versiyasi sotuvga chiqdi. Qurilma 16 GB tezkor xotira va 1 TB doimiy xotiraga ega bo‘lib, narxi $740ni tashkil etadi.

Avvalroq model uch xil konfiguratsiyada taqdim etilgan edi: 12/256 GB — 630 dollar, 12/512 GB — 675 dollar va 16/512 GB — 705 dollar. Yangi versiya ikki barobar ko‘p xotira taklif etib, atigi 35 dollarga qimmatroq.

Xiaomi 17 seriyasi Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipiga ega birinchi smartfonlardan bo‘lib, 6,3 dyuymli ekran, 7000 mA·soat batareya va Leica kamerasi bilan jihozlangan. Bayram mavsumida seriya savdolari 20 foizdan oshdi, eng ko‘p sotilgan model esa Xiaomi 17 Pro Max bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi 17 va iPhone 17 smartfonlari o‘rtasida qanday o‘xshashliklar haqida yozgan edik.

Shuningdek