Yaponiyada ilk bor ayol kishi bosh vazir bo‘lishi mumkin

eʼlon qilindi
Partiya rahbarligi uni Yaponiyaning birinchi ayol bosh vaziriga aylantirishi mumkin
Yaponiyada ilk bor ayol kishi bosh vazir bo‘lishi mumkin / Foto: Fortune

Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasi sobiq iqtisodiy xavfsizlik vaziri Sanae Takaichini yangi yetakchi etib sayladi. Bu haqda CNN ma’lum qildi.

Takaichi partiya ichki saylovlarida qishloq xo‘jaligi vaziri Sinjiro Koizumini mag‘lub etdi. U amaldagi bosh vazir Shigeru Ishibani almashtirib, saylovlardagi yirik yo‘qotishlardan so‘ng partiyaning obro‘sini tiklash vazifasini zimmasiga oldi.

Liberal-demokratik partiya hali ham parlamentdagi eng katta siyosiy kuch hisoblanadi, shuning uchun Takaichining bosh vazir lavozimini egallashi deyarli aniq. Muxolifat partiyalarining bo‘linganligi ham uning pozitsiyasini mustahkamlamoqda.

Takaichi iqtisodiy islohotlar, mudofaa tizimini kuchaytirish va inflyatsiyani jilovlash masalalariga e’tibor qaratishini aytdi. Shu bilan birga, u gender tengligi va siyosiy mablag‘lar bilan bog‘liq mojarolardan ham chetda turdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya jangovar kemasi AQSh raketalari bilan qurollantirilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek