Afg‘oniston O‘zbekistonga uglevodorodlarni qazib olishga ruxsat berdi

eʼlon qilindi
Tomonlar Tuti-Maydon konida hamkorlikda ishlamoqda
Добыча углеводородов в Афганистане
Afg‘oniston O‘zbekistonga uglevodorodlarni qazib olishga ruxsat berdi / Foto: Ashish Saxena / Unsplash

Afg‘oniston rahbariyati o‘zbek kompaniyalariga uglevodorod konlarini geologik qidiruv va ishlab chiqish uchun litsenziya berganini O‘zbekiston energetika vaziri Jurabek Mirzamahmudov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 14-sentabr kuni Afg‘onistonda Tuti-Maydon gaz konida ishlar boshlangan.

Kelishuv shartlariga ko‘ra, loyiha 25 yil davomida amalga oshiriladi va uning ijrochisi sifatida o‘zbek kompaniyasi Eriell KAM belgilangan.

Vazir ta’kidlaganidek, Afg‘onistonda infratuzilmaning rivojlanishi va barqarorlikning mustahkamlanishi O‘zbekistonga dengiz portlariga chiqish uchun eng qisqa yo‘lni ochib beradi hamda tranzit va logistika sohalarida yangi imkoniyatlar yaratadi.

Shuningdek, u Afg‘onistonning tinch va barqaror rivojlanishi nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqa uchun ham muhimligini qayd etdi. Mirzamahmudovning so‘zlariga ko‘ra, afg‘on xalqi Toshkentning qo‘llab-quvvatlashi va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yuksak qadrlab, samimiy minnatdorchilik bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Shargʻunkoʻmir»dagi 99,5 foiz davlat ulushi ochiq savdoga qoʻyilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek