AMD va OpenAI o‘rtasida yirik hamkorlik shartnomasi imzolandi

Amerika texnologiya kompaniyasi AMD sun’iy intellekt chiplarini yetkazib berish bo‘yicha OpenAI bilan ko‘p yillik shartnoma tuzdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Ushbu bitim natijasida AMD yiliga o‘nlab mlrd dollar daromad olishi kutilmoqda. Shuningdek, OpenAI kompaniyaga 10 foizgacha aksiyalarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
E’lon ortidan AMD aksiyalari 34 foizga oshib, bir yillik rekord daraja – $226,71ga yetdi. Bu kompaniya kapitallashuvini qariyb $80 mlrdga oshirgan.
Kelishuvga muvofiq, AMD 2026-yildan boshlab OpenAI’ga yuz minglab sun’iy intellekt chiplarini yetkazib beradi. Shuningdek, kompaniya yangi MI450 chiplar asosida 1 gigavattlik ma’lumotlar markazi qurishni rejalashtirmoqda.
AMD rahbariyatining ma’lum qilishicha, loyiha to‘rt yil ichida $100 mlrddan ortiq daromad keltiradi. Ularning fikricha, bu kelishuv butun sanoat uchun muhim burilish bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NVIDIA OpenAI’ni rivojlantirish uchun $100 mlrdgacha mablag‘ ajratishi haqida yozgan edik.