Fabio Kannavaro Toshkentga yetib keldi

6-oktabr 2025 09:27 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Fabio Kannavaro Toshkentga yetib keldi
Fabio Kannavaro Toshkentga yetib keldi. Foto: UFA

Italiyalik mashhur futbol murabbiyi Fabio Kannavaro Toshkentga keldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod O‘zbekistonga murabbiylar shtabi bilan birga keldi.

Avvalroq 52 yoshli mutaxassisning yiliga oladigan maoshi murabbiylar shtabi xarajatlari bilan birga taxminan 4 million yevroni tashkil etishi haqida xabar berilgandi.

Manbalarga koʻra, Kannavaro Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan dastlab bir yillik shartnomaga kelishgan. Agar Oʻzbekiston terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatida muvaffaqiyat qozonsa, kelishuv avtomatik tarzda uzaytirilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Italiya matbuotida Kannavaroning ukasi Paolo Kannavaro ham murabbiylar shtabiga qoʻshilishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Shuningdek