Gadjetlar

Honor Magic8 Pro smartfonining kamera imkoniyatlari namoyish qilindi — foto

Honor Magic8 Pro smartfoni
Honor Magic8 Pro smartfonining kamera imkoniyatlari namoyish qilindi / Foto: Ochiq manbalar

Honor kompaniyasi tomonidan yangi Honor Magic8 Pro smartfonining kamerasi yordamida olingan suratlar taqdim etildi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Honor kameralar bo‘limining bosh muhandisi Lo Vey Xitoyning Tsyuanchjou shahridagi Chjen Chengo haykalini 50 karra zumda tasvirga oldi.

Muhandis o‘nlab suratlarni ulashgan va ularning ko‘pi tungi, murakkab sharoitlarda olingan. Bu Magic8 Pro’ning zaif yoritilgan joylarda ham tiniq va sifatli surat olish qobiliyatini ko‘rsatdi.

Lo Vey Honor kelgusida ham mobil fotografiya imkoniyatlarini yanada kengaytirishini aytdi.

«Agar ko‘proq vaqt berilsa, hali ko‘plab yaxshilanishlar qilinishi mumkin», — degan u.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan eng yaxshi kameraga ega smartfonlar reytingi yangilangani haqida yozgan edi.