Leapmotor 2026-yilda ilk elektr sport avtomobilini taqdim etadi

6-oktabr 2025 12:59 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Leapmotor

Leapmotor kompaniyasi tomonidan yangi Leapmotor B05 Ultra elektromobili (mahalliy bozorda Lafa 5 Ultra) namoyish etildi. Bu haqda CarNewsChina xabar qilmoqda.

Avtomobil mashhur B05 xetchbekining sport versiyasi bo‘lib, birinchi marta 2025-yil Myunxen avtosalonida ko‘rsatildi.

Foto: Leapmotor

Kompaniya vitse-prezidenti Cao Lining aytishicha, model yosh, tezlikni sevuvchi xaridorlar uchun ishlab chiqilgan. Hozircha blind-order qilganlarning 70 foizi 35 yoshdan kichik. Oddiy Lafa 5 2025-yil oxirida Xitoy bozoriga chiqadi, Ultra versiyasi esa 2026-yilning birinchi yarmida yetkazib berila boshlaydi. Keyinchalik xalqaro bozorga ham chiqarish rejalashtirilgan.

Foto: Laepmotor

Texnik ma’lumotlar to‘liq ochiqlanmagan, ammo Ultra’da bir qator tashqi yangiliklar bor: aerodinamik paket, yangilangan old splitter, kattaroq spoyler va qora yaltiroq detallar. Model 19 dyuymli g‘ildiraklarda taqdim etiladi.

Salon hozircha sir saqlanmoqda, biroq Cao Li ichki qismda keng tarzda zamshga o‘xshash materiallar ishlatilishini aytdi. Dizayn elementlari faqat ko‘rinish uchun emas, balki aerodinamika va boshqaruvni yaxshilash uchun tanlangan.

Foto: Leapmotor

Avtomobil shassisini Stellantis’ning Yevropadagi muhandislari sozlagan, og‘irlik taqsimoti 50:50 ko‘rinishida bo‘lib, burilishlarda barqarorlikni oshiradi. Mutaxassislar Ultra versiyada ikki dvigatelli to‘liq g‘ildirakdan tortish tizimi bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet kompaniyasining ilk avtomobillari haqida maqola e’lon qilgan.

Shuningdek