Mirziyoyev Ozarbayjonda qanday kutib olindi — foto
eʼlon qilindi
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan ushbu mamlakatga amaliy tashrif bilan keldi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Gabala xalqaro aeroportida O‘zbekiston yetakchisini Ozarbayjon madaniyat vaziri Ozil Karimli, Gabala tumani ijro hokimiyati rahbari Sabuhiy Abdullayev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, davlat rahbari ertaga, 7-oktabr kuni, Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining rasmiy tadbirlarida ishtirok etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketgani haqida yozgandi.