Moskvada o‘zbekistonlik ayol 100 mln rubldan ortiq firibgarlikda gumonlanmoqda

eʼlon qilindi
O‘zini Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi qarindoshi deb tanishtirgan
Foto: TASS

Moskvada o‘zbekistonlik Sheryexon Usmonova va uning turmush o‘rtog‘iga qarshi yirik firibgarlik ishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Ular o‘zlarini Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoyguning qarindoshlari sifatida tanishtirib, fuqarolarni kriptovalyuta sarmoyasi bahonasida aldashda gumon qilinmoqda.

Advokat Said Yarahmedovning so‘zlariga ko‘ra, firibgarlik natijasida moskvalik jabrlanuvchilardan kamida 100 million rubl o‘zlashtirilgan, ammo bu raqam ikki baravar ko‘payishi mumkin.

«Biz huquqni muhofaza qiluvchi organlarga Sherye Shoygu (aslida Sheryexon Usmonova) va uning turmush o‘rtog‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqidagi arizani topshirdik», — dedi jabrlanuvchilar vakili.

Ma’lum bo‘lishicha, 27 yoshli Usmonova pasportdagi familiyasini o‘zgartirib, o‘zini Sherye Shoygu deb tanishtirgan. U Rossiya mudofaa tizimidagi yuqori lavozimli shaxsning jiyani ekaniga ishontirib, odamlarni kriptovalyuta loyihalariga sarmoya kiritishga undagan. So‘ng u jamg‘arilgan mablag‘ bilan g‘oyib bo‘lgan.

Hozirda tergov organlari mazkur holat bo‘yicha qo‘shimcha epizodlarni aniqlamoqda. Jabrlanuvchilar soni va yetkazilgan zarar miqdori ortishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Air Samarkand uch oydan buyon rossiyalik xodimlariga maosh to‘lamaganiga izoh bergani haqida yozgandi.

Shuningdek