Oltin narxi 3,9 ming dollardan oshdi

eʼlon qilindi
6-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:34 holatiga ko‘ra
Oltin
Oltin narxi 3,9 ming dollardan oshdi. Foto: Unsplash

6-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:34 holatiga ko‘ra, jahon bozorida oltinning spot narxi tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichni yangilab, bir troya unsiyasi uchun $3935,55 ga yetdi.

Goldman Sachs Research prognoziga ko‘ra, 2026-yil o‘rtalariga borib oltin narxi bir troya unsiyasi uchun $4 mingga ko‘tarilishi mumkin. Analitik Lina Thomasning qayd etishicha, bunday o‘sish Markaziy banklarning kuchli talabidan va AQSh Federal rezervining yumshoq siyosatidan kelib chiqmoqda.

Bundan avval oltinda eng yuqori narx 29-sentabr kuni belgilangan. Unda jahon bozorida oltinning spot narxi bir troya unsiyasi uchun $3816,66 ga yetgan.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Markaziy banki avgust oyida ikki tonna oltin sotib olgani haqida xabar qilingandi. Aniqlanishicha, mazkur oyda jahon boʻyicha markaziy banklar jami 15 tonna oltin xarid qilgan. Eng yirik xaridor Qozogʻiston boʻlib, sakkiz tonna oltin sotib oldi. Shuningdek, Bolgariya, Xitoy va Turkiya ham Oʻzbekiston kabi ikki tonnadan xarid qildi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, oltin narxlari yil davomida bir necha bor tarixiy maksimumlarga chiqqani markaziy banklarning xarid hajmiga ta’sir qilishi mumkin.

Shuningdek