O‘zbekiston turizm sohasidan 2,2 trillion so‘m daromad oldi
eʼlon qilindi
2025-yilning yanvar – avgust oylarida

Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar – avgust oylarida turizm sohasidagi xizmatlar hajmi 2,2 trln so‘mga yetdi. Ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 44 foizga oshgan.
Eng katta hajm Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Bu yerda ko‘rsatilgan xizmatlar 1,7 trln so‘mdan oshdi. Undan keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati – 305 mlrd so‘m, Xorazm viloyati – 73,1 mlrd so‘m, Toshkent viloyati – 52,2 mlrd so‘m va Buxoro viloyati – 31,9 mlrd so‘m bilan qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, ushbu hududlar mamlakat bo‘yicha turistik xizmatlarning 97,1 foizini ta’minladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baxmal tumanida 22 milliard so‘mlik turizm loyihalari amalga oshirilishi haqida xabar bergan edik.