Yangiliklar

Qirg‘izistondagi 7 balli zilzila O‘zbekistonning beshta hududida sezildi

6-oktabr kuni
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning ayrim hududlarida ham sezildi/ Foto: Unsplash

6-oktabr soat 01:29:04 da Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, hodisaning magnitudasi 5,7, chuqurligi 10 km, episentrda sezilish kuchi 7 ballni tashkil etdi.

O‘zbekiston hududida zilzila Namangan, Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo viloyati va Toshkent shahrida 2-4 ball oralig‘ida sezildi. Zilzilaning episentri Toshkentdan 199 km shimoliy-sharqda joylashgan bo‘lib, koordinatalari 41,94 N, 71,43 E ni tashkil etadi.

Hozircha jiddiy talofat yoki zarar haqida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 25-sentabr kuni ham zilzila yuz bergani haqida yozgandi.