
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov mamlakatdagi eng yuksak mukofotlardan biri — «Checheniston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqsa TASS xabar berdi
Unga «Checheniston Qahramoni oltin yulduzi» medali respublika rahbari vazifasini bajaruvchi Magomed Daudov tomonidan topshirildi.
Daudovning ma’lum qilishicha, unvon Axmat-Xoji jamoasining tashabbusi bilan berilgan. U Qodirovning mamlakat oldidagi xizmatlarini, xalqiga sadoqatini va uzoq yillar davomida Chechenistonning barqaror rivojlanishiga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi.
Rasmiy farmonga ko‘ra, Ramzon Qodirov ushbu unvonga o‘zining shaxsiy jasorati, davlat va jamoat ishlari yo‘lidagi fidokorona mehnati hamda Chechenistonning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashdagi ulkan yutuqlari uchun sazovor bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 17 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov mintaqaviy Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimini egallagan edi.