Fabio Kannavaro rasman Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi italiyalik mashhur mutaxassis, 2006-yilgi Jahon chempionati g‘olibi va o‘z davrining eng yaxshi himoyachilaridan biri Fabio Kannavaro bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda O‘FA xabar bermoqda.
Endilikda Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasini 2026-yilda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi.
Murabbiylar shtabida unga tajribali mutaxassislar yordam beradi:
Aujeniyo Albarella — yordamchi murabbiy, ilgari Yaponiya terma jamoasi, «Yuventus», «Udineze» va «Dinamo Zagreb»da ishlagan;
Troize Fransesko — jismoniy tayyorgarlik murabbiyi, «Benevento», «Udineze» va «Dinamo Zagreb»dagi faoliyati bilan tanilgan;
Antonio Kimenti — darvozabonlar murabbiyi, Italiya yoshlar terma jamoasi, «Sampdoria» va «Spal» klublarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toshkentga yetib kelgani haqida yozgan edi.