Yangiliklar

Fabio Kannavaro rasman Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

U O‘zbekiston terma jamoasini 2026-yilda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi
O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi tayinlandi / Foto: O‘FA

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi italiyalik mashhur mutaxassis, 2006-yilgi Jahon chempionati g‘olibi va o‘z davrining eng yaxshi himoyachilaridan biri Fabio Kannavaro bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda O‘FA xabar bermoqda.

Endilikda Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasini 2026-yilda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi.

Murabbiylar shtabida unga tajribali mutaxassislar yordam beradi:

Aujeniyo Albarella — yordamchi murabbiy, ilgari Yaponiya terma jamoasi, «Yuventus», «Udineze» va «Dinamo Zagreb»da ishlagan;

Troize Fransesko — jismoniy tayyorgarlik murabbiyi, «Benevento», «Udineze» va «Dinamo Zagreb»dagi faoliyati bilan tanilgan;

Antonio Kimenti — darvozabonlar murabbiyi, Italiya yoshlar terma jamoasi, «Sampdoria» va «Spal» klublarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toshkentga yetib kelgani haqida yozgan edi.