Savdo cheklovlarini bekor qilish uchun Xitoy AQShga 1 trillion dollar sarmoya kiritmoqchi

eʼlon qilindi
Bu masala sentabr oyida Madridda bo‘lib o‘tgan savdo muzokaralarida muhokama qilingan
Savdo cheklovlarini bekor qilish uchun Xitoy AQShga 1 trillion dollar sarmoya kiritmoqchi
Savdo cheklovlarini bekor qilish uchun Xitoy AQShga 1 trillion dollar sarmoya kiritmoqchi. Foto: Ochiq manbalar

Xitoy hukumati AQShdagi milliy xavfsizlik cheklovlarini yumshatish evaziga katta sarmoya kiritishni taklif qilmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Xususan, prezident Si Szinpin muzokarachilari AQShdan Xitoy bilan bog‘liq bitimlarga qo‘yilgan to‘siqlarni olib tashlashni va ayrim bojlarni pasaytirishni so‘ragan. Bu masala sentabr oyida Madridda bo‘lib o‘tgan savdo muzokaralarida muhokama qilingan.

Xitoy yil boshida AQShga $1 trilliongacha sarmoya kiritish ehtimoli haqida gapirgan, ammo hozircha aniq miqdor noma’lum. AQSh savdo vakillari esa Xitoy kompaniyalari uchun investitsiya muhiti muhokama qilinganini tasdiqladi.

Nashrning yozishicha, Pekin rejalashtirayotgan investitsiyalar hajmi boshqa mamlakatlarning majburiyatlaridan oshib ketadi. AQSh bilan savdo cheklovlarini kelishish uchun Yevropa Ittifoqi $600 milliard, Yaponiya $550 milliard sarflamoqchi. Janubiy Koreya esa $350 milliard bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Xitoyning AQShga investitsiyalari ham oxirgi yillarda ancha kamaygan. Masalan, 2016-yilda $57 milliardga yetgan bo‘lsa, 2025-yilning birinchi yarmida atigi $2,1 milliardni tashkil etdi. Bunga Pekinning o‘zida kapital nazoratining kuchayishi, ham Vashingtonning milliy xavfsizlik sababli bitimlarni to‘xtatishi sabab bo‘lgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar $1 trillionlik reja amalga oshsa, Xitoy kompaniyalari AQSh bozoriga keng kirib boradi, ammo xavfsizlik nuqtayi nazaridan katta bahs-munozaralarga sabab bo‘lishi mumkin.

Bundan avval Donald Tramp TikTok’ning AQShdagi operatsiyalarini amerikalik va xalqaro investorlar qo‘liga o‘tkazishni ko‘zda tutuvchi farmonni imzolagandi. Unga ko‘ra, ilovaning tavsiya algoritmi AQSh kompaniyasi nazoratiga o‘tadi va xavfsizlik hamkorlari tomonidan kuzatib boriladi. Tramp aytishicha, Xitoy rahbari Si Szinpin reja bo‘yicha davom etishga rozilik bildirgan.

Shuningdek