Sport

Shahram Gʻiyosovning navbatdagi jang sanasi maʼlum boʻldi

Foto: Getty Images

Shahram Gʻiyosov 14-noyabr kuni Toshkentdagi «Humo Arena» majmuasida tashkil qilinadigan boks oqshomiga navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Manbada keltirilishicha, hozircha G‘iyosovga kim raqib bo‘lishi noma’lum. Shuningdek, Lift Promotions kompaniyasi tomonidan oʻtkaziladigan musobaqada Lazizbek Mullojonov va Aʼloxon Abdullayev ham jang oʻtkazishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Gʻiyosov oxirgi jangini 2025-yil 13-aprel kuni AQShning Atlantik-Siti shahrida argentinalik Franko Maksimiliano Okampoga qarshi oʻtkazgan edi. U raqibini toʻrtinchi raundda nokautga uchratib, gʻalabani qoʻlga kiritgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Hasanboy Doʻstmatov Bishkekda meksikalik bokschiga qarshi ringga chiqishi haqida xabar bergan edi.