Yangiliklar

Sport bilan shug‘ullanuvchilar ulushi 68,3% gacha oshdi

Statistik ma’lumotga ko‘ra
Sport bilan shug‘ullanuvchilar ulushi 68,3% gacha oshdi / Foto: Sport

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida jismoniy mashg‘ulotlar bilan muntazam shug‘ullanuvchi aholining ulushi 68,3 foizga yetdi.

So‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich izchil ravishda o‘sib bormoqda. 2021-yilda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchilar ulushi 60,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda bu raqam 62,3 foizga, 2023-yilda 63,7 foizga, 2024-yilda esa 67,8 foizga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kelajak» markazlarida sport, san’at va IT to‘garaklari ochilishi haqida xabar bergan edik.