Yangiliklar

Suriyada Asad davridan keyingi ilk parlament saylovi o‘tkazildi

Natijalar hali e’lon qilinmadi
Suriyada Assaddan keyingi ilk parlament saylovi o‘tkazildi / Foto: Reuters

Suriyada Bashar Asad rejimi qulaganidan keyingi ilk parlament saylovlari yakunlandi. Bu jarayon mamlakat siyosiy hayotidagi burilish nuqtasi sifatida baholandi, deya yozmoqda CNN.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, barcha saylov uchastkalari ishini yakunlagan, natijalar esa endi e’lon qilinadi. Dastlabki hisob-kitoblar ayol nomzodlar orasida g‘olib chiqqanlar yo‘qligini ko‘rsatdi. Shu sababli parlamentdagi 20 foizlik ayollar kvotasi prezident Ahmad ash-Sharo tomonidan tayinlanadigan deputatlar orqali to‘ldiriladi.

Yangi vaqtinchalik saylov tizimda parlamentdagi 210 o‘rindan uchdan ikki qismi saylanadi, qolgan qismi esa prezident tomonidan tayinlanadi. Raqqa va Hasaka viloyatlarida xavfsizlik sababli ovoz berish kechiktirildi, Suvayda viloyatida esa saylovlar sharoit yaratilguncha o‘tkazilmaydi.

Yangi parlamentning asosiy vazifasi mamlakat uchun yangi konstitutsiya ishlab chiqish va keyingi bosqichda umumxalq saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya 14 yildan so‘ng ilk bor neft eksport qilgani haqida yozgan edik.