
O‘zbekiston Respublikasi Valyuta birjasi yangi tartibni joriy etdi. Endilikda spot bozor savdolari bo‘yicha ochilish auksioni kurslari muntazam e’lon qilinadi.
Soat 10:30 da koll-auksion shaklida o‘tkaziladigan ochilish savdolari natijalariga ko‘ra kurslar birjaning rasmiy manbalarida e’lon qilinadi.

Avvalgi tartibda esa faqat soat 16:00 dagi yakuniy savdo kursi ochiqlanar edi.
Mazkur amaliyot bozor ishtirokchilari va tahlilchilariga tezkor hamda ishonchli ma’lumot olish imkonini beradi. Shu bilan birga, xalqaro standartlarga mos ravishda ochiq va samarali valyuta bozorini rivojlantirish, shaffoflikni kuchaytirish hamda bozor mexanizmlariga ishonchni oshirishga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 7-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilingani haqida yozgan edi.