140 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi smartfonlar reytingi aniqlandi

7-oktabr 2025 11:14 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
140 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi smartfonlar reytingi aniqlandi / Foto: Ochiq manbalar

AnTuTu benchmark tomonidan 140 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi smartfonlar reytingi aniqlandi. Ushbu toifada birinchi o‘rinni Redmi Note 14 5G smartfoni (6/128 GB) egalladi.

Qurilma Dimensity 7025-Ultra protsessorida ishlaydi va yuqori samaradorlikni arzon narxda taqdim etgani bilan ajralib turadi.

Ikkinchi o‘rinda Redmi Note 15 (6/128 GB) joylashgan. U Snapdragon 6 Gen 3 chipsetiga ega. Kuchli uchlikni esa Redmi 14C (4/64 GB) yakunlagan bo‘lib, u MediaTek Helio G81-Ultra protsessorida ishlaydi.

Reyting:

O‘rinModel nomiXotira (RAM + ROM)Ball (narx/ishlash nisbati)
1Redmi Note 14 5G6GB + 128GB784.9
2Redmi Note 156GB + 128GB766.0
3Redmi 14C4GB + 64GB750.0
4Meizu Note 168GB + 128GB691.9
5Honor Play 9T8GB + 128GB653.6
6Honor Play 10T8GB + 128GB620.6
7Honor Play 9T Pro8GB + 256GB561.1
8Huawei Enjoy 70S8GB + 256GB438.7

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xiaomi 17 AnTuTu reytingida eng foydali flagman deb topilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek