
AnTuTu benchmark tomonidan 140 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi smartfonlar reytingi aniqlandi. Ushbu toifada birinchi o‘rinni Redmi Note 14 5G smartfoni (6/128 GB) egalladi.
Qurilma Dimensity 7025-Ultra protsessorida ishlaydi va yuqori samaradorlikni arzon narxda taqdim etgani bilan ajralib turadi.
Ikkinchi o‘rinda Redmi Note 15 (6/128 GB) joylashgan. U Snapdragon 6 Gen 3 chipsetiga ega. Kuchli uchlikni esa Redmi 14C (4/64 GB) yakunlagan bo‘lib, u MediaTek Helio G81-Ultra protsessorida ishlaydi.
Reyting:
O‘rin | Model nomi | Xotira (RAM + ROM) | Ball (narx/ishlash nisbati) |
---|---|---|---|
1 | Redmi Note 14 5G | 6GB + 128GB | 784.9 |
2 | Redmi Note 15 | 6GB + 128GB | 766.0 |
3 | Redmi 14C | 4GB + 64GB | 750.0 |
4 | Meizu Note 16 | 8GB + 128GB | 691.9 |
5 | Honor Play 9T | 8GB + 128GB | 653.6 |
6 | Honor Play 10T | 8GB + 128GB | 620.6 |
7 | Honor Play 9T Pro | 8GB + 256GB | 561.1 |
8 | Huawei Enjoy 70S | 8GB + 256GB | 438.7 |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xiaomi 17 AnTuTu reytingida eng foydali flagman deb topilgani haqida yozgan edi.