8-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
7-oktabr kuni dollar 12 022,90 so‘m (+37,58 so‘m) etib belgilangan edi
Курс аукциона
Foto: Sandra Gabriel / Unsplash

8-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 038,68 so‘m (+15,78 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Dollarning so‘nggi besh kunlikdagi o‘zgarishi

So‘nggi besh kun ichida dollar kursida pasayish ustun bo‘ldi. 30-sentabrda esa pasayish davom etdi va 12 067,76 so‘m qilib belgilandi. 2-oktabrda 12 084,10 so‘m (+16,34 so‘m) etib belgilandi. 3-oktabrda dollar 15,62 so‘m oshib, 12099,72 so‘mga teng bo‘ldi. 6-oktabr kuni 12 060,48 so‘m (-39,24 so‘m) etib belgilandi. 7-oktabr kuni dollar 12 022,90 so‘mga (-37,58 so‘m) tenglashdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 18,40 so‘mga oshib, 14 044,32 so‘mni, rubl esa 1,87 so‘mga oshib, 146,62 so‘mni tashkil qildi.

Dollar nega pasaymoqda?

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi mudiri Ikbaljon Kasimovning yozishicha, 2020 – 2024-yillar davomida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi izchil o‘sib borgan bo‘lsa-da, savdo balansining salbiy qoldig‘i saqlanib qolmoqda.

Jumladan, 2024-yilda eksport hajmi 26,94 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. Import 38,98 milliard dollarga yetib savdo balansining salbiy qoldig‘i 12,03 milliard dollarga yetgan. Bu holat O‘zbekistonning tashqi savdosida ijobiy o‘sish tendensiyasi bilan birga, importning ustunligini va savdo disbalansi muammosi saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda. 

Avvalroq dollar kursi hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edik.

Shuningdek