Avto

Jetour Zongheng G700 avtomobili oktabr oyida taqdim etiladi

Jetour Zongheng G700 avtomobili
Jetour Zongheng G700 avtomobili yaqin orada taqdim etiladi / Foto: Autohome

Xitoyning Jetour kompaniyasi tomonidan yangi Jetour Zongheng G700 avtomobili 19-oktabr kuni bozorga chiqarishini e’lon qilindi. Bu haqda Autohome xabar bermoqda.

Avvaldan buyurtma qabul qilish allaqachon boshlangan. Mashina to‘rt xil komplektatsiyada taklif etiladi, narxi 350 ming yuandan ($49 ming) boshlanadi.

Foto: Autohome

Dizayn va o‘lchamlar Model Jetour brendi uchun mutlaqo yangi dizaynga ega, biroq tashqi ko‘rinishda u BYD Leopard liniyasidagi offroaderlarni eslatadi. Gabaritlari — 5198×2050×1956 mm, g‘ildirak bazasi esa 2870 mm.

Salonda yuqori sifatli charm qoplamalar va xrom elementlar ishlatilgan. Old panelda ikkita katta ekran joylashgan: 15,6 dyuymli markaziy displey va 35,4 dyuymli keng asboblar paneli. Mashina besh yoki olti o‘rinli variantlarda taqdim etiladi.

Foto: Autohome

Texnik imkoniyatlar G700 gibrid tizim asosida ishlaydi: 2,0 litrli benzin dvigateli (210 ot kuchi) va ikki elektromotor umumiy hisobda 761 ot kuchi beradi. To‘liq zaryadlangan holatda avtomobilning yurish masofasi 1400 km gacha yetadi.

Model ramali tuzilishga ega va to‘liq uzatma tizimi uch differensial blokirovkasi bilan ta’minlangan, bu esa uni haqiqiy yo‘ltanlamas avtomobilga aylantiradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 17 ming dollarlik Jetour X70L avtomobili savdoga chiqqani haqida yozgan edi.