Yangiliklar

Metroda tug‘ilgan chaqaloq, 340 ming dollar jarimaga tortilgan OʻFA — 7-oktabrning muhim voqealari

Kursiv Uzbekistan tomonidan 7-oktabrning eng muhim voqea va hodisalari bitta materialga jamlandi
Metroda tug‘ilgan chaqaloq, 340 ming dollar jarimaga tortilgan OʻFA — 7-oktabrning muhim voqealari. Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

Metroda chaqaloq tug‘ildi, OʻFA jarimaga tortildi, chet elliklar uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi, 2026-yilgacha 1,2 mingta yangi avtobus olib kelinadi — Kursiv Uzbekistan tomonidan 7-oktabrning eng muhim voqea va hodisalari bitta materialga jamlandi.

Toshkent metrosida chaqaloq dunyoga keldi

chaqaloq
Toshkent metrosida chaqaloq dunyoga keldi. Foto: Unsplash

Joriy yilning 6-oktabr kuni G‘afur G‘ulom metro bekatida chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar berdi. Hozirda ona va chaqaloq sog‘lom, ular shifoxonaga yetkazilgan.

OʻFA BYD avtomobillari sabab 340 ming dollar jarimaga tortildi

Foto: O‘FA

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Tartib-intizom qoʻmitasi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga (OʻFA) $340 ming miqdorida jarima qoʻlladi. Qarorga 10-iyun kuni Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston – Qatar uchrashuvidan keyingi holat sabab boʻlgan.

Dunyoning eng keksa erkagi 113 yoshni qarshiladi

Dunyoning eng keksa erkagi 113 yoshni qarshiladi
Dunyoning eng keksa erkagi 113 yoshni qarshiladi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Ginnesning rekordlar kitobi dunyodagi eng keksa erkak sifatida braziliyalik Juan Marino Netuni tan oldi. U yaqinda o‘zining 113 yoshini qarshi oldi. Tashkilot ma’lum qilishicha, Juan Marino Netu o‘zining tug‘ilgan kunini katta bayram bilan nishonlagan.

O‘zbekistonda chet elliklar uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi

O‘zbekistonda chet elliklar uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi
O‘zbekistonda chet elliklar uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Prezident farmoniga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu tartib xorijlik investorlar va mutaxassislarni mamlakatga jalb etishni maqsad qiladi.

Toshkentga 2026-yilgacha 1,2 mingta yangi avtobus olib kelinadi

Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgarishlar kiritiladi
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgarishlar kiritiladi / Foto: Transport vazirligi

Transport vazirligi senator soʻroviga javoban Toshkent shahrida jamoat transportini modernizatsiya qilish boʻyicha yirik dastur amalga oshirilayotganini ma’lum qildi. Dasturga koʻra, 2025-yil oktabr oyida poytaxtga 200 dona yangi elektrobus olib kelinadi, 2026-yilda esa qoʻshimcha 1000 ta avtobus xarid qilinadi.

O‘zbekistondagi banklarda mikroqarz va avtokreditlar foiz stavkasi qancha

Banklardagi mikrokreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi tushdi, avtokreditlarniki esa biroz oshdi
Banklardagi mikrokreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi tushdi, avtokreditlarniki esa biroz oshdi. Foto: ijtimoiy tarmoq

6-oktabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 33,7 foizni tashkil etmoqda. Avtomobil xaridi uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha esa o‘rtacha foiz stavkasi 24 foizdan 24,1 foizga ko‘tarildi.

O‘zbekistonda mayning uchun elektr energiyasiga imtiyozli tarif joriy etiladi

Vyacheslav Pak
Vyacheslav Pak / Foto: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekistonda mayning uchun elektr energiyasiga imtiyozli tarif joriy etiladi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident sun’iy intellekt sohasini samarali rivojlantirish, amaliyotga tatbiq etish hamda malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni tasdiqlagan

Yangi boj limitlari fuqarolarga qo‘shimcha moliyaviy хarajat yuklaydi — «Yuksalish» harakati

Yangi boj limitlari fuqarolarga qo‘shimcha moliyaviy хarajat yuklaydi — «Yuksalish» harakati
Yangi boj limitlari fuqarolarga qo‘shimcha moliyaviy хarajat yuklaydi — «Yuksalish» harakati. Foto: ijtimoiy tarmoq

«Yuksalish» harakati O‘zbekistonda 2025-yil 1-maydan kuchga kirgan yangi bojxona normalariga munosabat bildirdi. Tashkilot fikricha, jismoniy shaxslar uchun belgilangan yangi boj limitlari, ya’ni $1000 (havo transporti), $500 (temir yo‘l va daryo), $300 (avtomobil va piyoda), $200 (xalqaro kuryerlik), $100 (pochta orqali) — amalda aholiga qo‘shimcha xarajat yuklayapti va bozordagi raqobatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

8-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

Курс аукциона
Foto: Sandra Gabriel / Unsplash

8-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 038,68 so‘m (+15,78 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 18,40 so‘mga oshib, 14 044,32 so‘mni, rubl esa 1,87 so‘mga oshib, 146,62 so‘mni tashkil qildi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjondagi Gabala sammitida qanday tashabbuslarni ilgari surdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy dunyo birdamligini mustahkamlash bo‘yicha muhim tashabbuslar ilgari surdi. Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining Gabala sammitida ishtirok etib, turkiy dunyoning siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi o‘rnini yanada kuchaytirishga qaratilgan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Meta Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda

Foto: ILMA

Meta kompaniyasi Oʻzbekistonda oʻz rasmiy vakolatxonasini ochish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) matbuot xizmati 7-oktabr kuni maʼlum qildi. Taʼkidlanishicha, agentlikda oʻtgan uchrashuvda Oʻzbekistonda Meta vakolatxonasini ochish istiqbollari, reklama joylashtirish jarayonida firibgarlikning oldini olish, foydalanuvchilarni himoya qilish, shuningdek, mamlakatda raqamli kontent yaratuvchilarni qoʻllab-quvvatlash va monetizatsiya tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Toshkent metrosida tug‘ilgan chaqaloq va uning onasiga metro umrbod bepul bo‘ladi

Toshkent metrosida tug‘ilgan chaqaloq va uning onasiga metro umrbod bepul bo‘ladi
Toshkent metrosida tug‘ilgan chaqaloq va uning onasiga metro umrbod bepul bo‘ladi. Ekran tasviri videodan olindi

Toshkent metrosida tug‘ilgan chaqaloq va uning onasiga metro umrbod bepul bo‘ladi. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar berdi. Unga ko‘ra, ona va uning farzandi uchun maxsus bepul metro kartasi topshirilishi rejalashtirilgan. Bu orqali ular umrining oxirigacha Toshkent metrosidan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.