Sport

O‘zbekiston para yengil atletikachilari Jahon chempionatini 12 ta medal bilan yakunladi

5 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza
O‘zbekiston para yengil atletikachilari Jahon chempionatini 12 ta medal bilan yakunladi / Foto: Paralympic uz

Hindiston poytaxti Nyu-Deli shahrida to‘qqiz kun davom etgan para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 14-o‘rinda yakunladi.

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi jami 12 ta medal — 5 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Oltin medallar

  • Yoqutxon Xolbekova — T12, uzunlikka sakrash;
  • Jasur Xo‘jayev — F32, yadro uloqtirish;
  • Karomat Omonova — F46, yadro uloqtirish;
  • Faxriddin Xamrayev — T12, 400 metr;
  • Temurbek G‘iyozov — T64, balandlikka sakrash.

Kumush medallar

  • Kubaro Hakimova — F41, yadro uloqtirish;
  • Shahina Yigitaliyeva — F46, nayza uloqtirish;
  • Yorqinbek Odilov — F57, nayza uloqtirish;
  • Bobur Omonov — F41, yadro uloqtirish;
  • Madina Muxtorova — F40, yadro uloqtirish.

Bronza medallar

  • Tolibboy Yo‘ldoshev — F37, yadro uloqtirish;
  • Navro‘za Axmatova — F41, disk uloqtirish.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Bahodir Jalolov navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.