Yangiliklar

O‘zbekiston va Shvetsiya taraqqiyot sohasida hamkorlik qiladi

Bu borada ikki mamlakat vakillari uchrashuvlar o‘tkazdi
O‘zbekiston va Shvetsiya taraqqiyot sohasida hamkorlik qiladi / Foto: Pngtree

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Shvetsiya Taraqqiyot bo‘yicha hamkorlik agentligi (SIDA) delegatsiyasining mamlakatimizga ishchi safari tashkil etildi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari bir qator hukumat idoralari, fuqarolik jamiyati va ilmiy doira vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralarda barqaror rivojlanish, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari hamda o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, Shvetsiya taraqqiyot bo‘yicha xalqaro hamkorlikda yetakchi davlatlardan biri bo‘lib, yalpi ichki mahsulotining 0,7 foizini rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam dasturlariga yo‘naltirib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Avstraliya sug‘orish tizimlarini raqamlashtirishda hamkorlik qilishi haqida xabar bergan edik.