Saudiya Arabistonida maoshini ololmayotgan 19 nafar o‘zbekistonlikka yordam berildi

eʼlon qilindi
19 nafar o‘zbekistonlik ishchi oylik maoshlarini ololmagani sababli O‘zbekiston Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan
Saudiya Arabistonida maoshini ololmayotgan 19 nafar o‘zbekistonlikka yordam berildi
Saudiya Arabistonida maoshini ololmayotgan 19 nafar o‘zbekistonlikka yordam berildi. Foto: «Dunyo» AA

Saudiya Arabistonida ishlayotgan 19 nafar o‘zbekistonlik ishchi oylik maoshlarini ololmagani sababli O‘zbekiston Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Bosh konsulxona xodimlari voqeani o‘rganish uchun Rabig‘ sanoat shahriga borib, fuqarolar bilan uchrashgan va ularning muammosini eshitgan. Shundan so‘ng ish beruvchi turk kompaniyasi rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazilgan.

Muzokaralar natijasida kompaniya ishchilarning barcha moliyaviy muammolarini hal etish hamda ularni o‘z hisobidan O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha kelishuvga rozi bo‘lgan. Holat O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan to‘liq nazoratga olingani qo‘shimcha qilindi.

Bundan oldin Tyumenda ishlagan uch nafar o‘zbekistonlikning ham ish haqi undirib berilgandi. Unga ko‘ra, Rossiyaning Tyumen viloyatida vaqtincha ishlayotgan uch nafar o‘zbekistonlik ishchilarning oylik maoshi to‘lab berilmayotgani aniqlangan. Ular ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Bosh konsulxonasiga murojaat qilib, yordam so‘ragan. Diplomatlar korxona rahbari bilan muzokara olib borib, ikki ishchining pasportlari qaytarib berilishiga va ularning ikki oylik ish haqi to‘lanishiga erishdi.

Shuningdek