
7-oktabr kuni soat 00:05 atrofida Toshkentda 18 yoshli qiz o‘zini Bo‘zsuv kanaliga tashladi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan nashriga ma’lum qildi.
«Joriy yilning 7-oktabr kuni tungi soat 00:05 da Yunusobod tumanidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanalida cho‘kayotgan fuqaro ushbu hududda xizmat olib borayotgan gvardiyachilar tomonidan qutqarib olindi. Hodisa joyida tibbiy yordam kelgunga qadar gvardiyachilar jabrlanuvchini suvdan chiqarib olib, dastlabki tibbiy yordamni ko‘rsatishdi», deyiladi gvardiya munosabatida.
Hozirda hodisa yuzasidan tegishli organlar tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Voqeaning sabablari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toshkent metrosida chaqoloq tug‘ilgani haqida yozgan edi.