
Xitoyning Vivo kompaniyasi tomonidan Vivo X300 Pro smartfoni kamerasi yordamida olingan suratlarni e’lon qildi. Weibo’dagi rasmiy sahifada joylashtirilgan suratda oy manzarasi aks etgan bo‘lib, u yangi Zeiss 200 megapikselli APO teleobyektivi imkoniyatlarini namoyish etadi.
«Vivo X300 Pro. Yangi Zeiss 200 MP APO superteleobyektiv bu mukammal onni muhrladi. Har bir uchrashuv kunduzdek tiniq bo‘lsin», deb yozilgan kompaniya postida.





Suratning texnik tafsilotlariga ko‘ra, u 10 barobar optik zum yordamida olingan.
Vivo, shuningdek, kechki payt olingan boshqa suratlarni ham ulashdi. Ularning aksariyati asosiy 24 mm kamera orqali olingan bo‘lishi mumkin, ammo kompaniya bu seriyaning ayrim kadrlarini boshqa linzalar yordamida ham yaratganini istisno qilmaydi.

Shu bilan birga, Vivo X300 seriyasida MediaTek Dimensity 9500 protsessori qo‘llanilishini ham rasman tasdiqladi. Ushbu chip flagman darajadagi unumdorlik va ilg‘or sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Vivo V60e smartfoni qanday imkoniyatlar bilan chiqishi haqida yozgan edi.