
AnTuTu benchmarking platformasi 2025-yilgi eng samarali flagman smartfonlar reytingini e’lon qildi. $560 dan yuqori narxli toifada birinchi o‘rinni Xiaomi 17 smartfoni (12/256 GB) egalladi.
Xiaomi 17 Pro (12/256 GB) to‘rtinchi o‘rinni, Xiaomi 17 Pro Max (12/512 GB) esa o‘ninchi o‘rinni egalladi. Shu tariqa Xiaomi 17 liniyasi uch modeli bilan AnTuTu ro‘yxatidan joy oldi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Red Magic 10 Pro (12/256 GB) hamda Red Magic 10S Pro (16/512 GB) joylashgan. Ikkalasi ham Qualcomm Snapdragon 8 Elite protsessori bilan jihozlangan.

Reyting
O‘rin | Model nomi | Xotira (RAM + ROM) | Ball (narx/ishlash nisbati) |
---|---|---|---|
1 | Xiaomi 17 | 12GB + 256GB | 768.8 |
2 | Red Magic 10 Pro | 12GB + 256GB | 716.9 |
3 | Red Magic 10S Pro | 16GB + 512GB | 701.0 |
4 | Xiaomi 17 Pro | 12GB + 256GB | 685.8 |
5 | Red Magic 10 Pro+ | 16GB + 512GB | 648.9 |
6 | ZTE Axon 70S Ultra Photographer Edition | 16GB + 512GB | 628.1 |
7 | ROG 9 | 12GB + 512GB | 610.8 |
8 | Xiaomi 15 Pro | 12GB + 256GB | 606.8 |
9 | Honor Magic 7 Pro | 12GB + 256GB | 577.5 |
10 | Xiaomi 17 Pro Max | 12GB + 512GB | 576.8 |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yangi Xiaomi 17 Xitoyda sotuvga chiqqani haqida yozgan edi. Qurilma 16 GB tezkor xotira va 1 TB doimiy xotiraga ega bo‘lib, narxi $740 ni tashkil etadi.