Gadjetlar

Xiaomi 17 AnTuTu reytingida eng foydali flagman deb topildi

Xiaomi 17 smartfoni
Xiaomi 17 AnTuTu reytingida eng foydali flagman deb topildi / Foto: Hi-Tech mail

AnTuTu benchmarking platformasi 2025-yilgi eng samarali flagman smartfonlar reytingini e’lon qildi. $560 dan yuqori narxli toifada birinchi o‘rinni Xiaomi 17 smartfoni (12/256 GB) egalladi.

Xiaomi 17 Pro (12/256 GB) to‘rtinchi o‘rinni, Xiaomi 17 Pro Max (12/512 GB) esa o‘ninchi o‘rinni egalladi. Shu tariqa Xiaomi 17 liniyasi uch modeli bilan AnTuTu ro‘yxatidan joy oldi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Red Magic 10 Pro (12/256 GB) hamda Red Magic 10S Pro (16/512 GB) joylashgan. Ikkalasi ham Qualcomm Snapdragon 8 Elite protsessori bilan jihozlangan.

Xiaomi 17 smartfoni / Foto: Xiaomi

Reyting

O‘rinModel nomiXotira (RAM + ROM)Ball (narx/ishlash nisbati)
1Xiaomi 1712GB + 256GB768.8
2Red Magic 10 Pro12GB + 256GB716.9
3Red Magic 10S Pro16GB + 512GB701.0
4Xiaomi 17 Pro12GB + 256GB685.8
5Red Magic 10 Pro+16GB + 512GB648.9
6ZTE Axon 70S Ultra Photographer Edition16GB + 512GB628.1
7ROG 912GB + 512GB610.8
8Xiaomi 15 Pro12GB + 256GB606.8
9Honor Magic 7 Pro12GB + 256GB577.5
10Xiaomi 17 Pro Max12GB + 512GB576.8

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yangi Xiaomi 17 Xitoyda sotuvga chiqqani haqida yozgan edi. Qurilma 16 GB tezkor xotira va 1 TB doimiy xotiraga ega bo‘lib, narxi $740 ni tashkil etadi.