
Rossiyada yaqinda yangi Moskvich M90 avtomobili savdoga chiqadi. Bu haqda «Kitayskie avtomobili» nashri xabar bermoqda. Model 7 o‘ringa mo‘ljallangan. U to‘liq uzatma tizimi va keng xavfsizlik tizimlari bilan jihozlanadi.
Model haqida
Yangi Moskvich M90 ning bazasi sifatida Xitoyning MG RX9 modeli tanlangan. U SAIC konserni tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Rossiyada aynan shu platforma asosida mahalliylashtirilmoqda.

Avvalroq Moskva avtomobil zavodi JAC kompaniyasi bilan hamkorlikda «Moskvich 3», «Moskvich 6» va «Moskvich 8» modellarini ishlab chiqargan edi. 2025-yil yozida zavod SAIC bilan yangi hamkorlik shartnomasini imzoladi va birinchi natija sifatida «Moskvich M70» modeli ishlab chiqildi.
Endi esa SAIC bilan ikkinchi loyiha — «Moskvich M90» uchun sertifikatlash jarayoni boshlangan. Hujjatlarda avtomobil 2 litrli dvigatel bilan jihozlanishi aytiladi. Shuningdek, kolen, yon va xavfsizlik shtorlari kabi to‘liq havo yostiqlari tizimiga ega bo‘lishi qayd etilgan.

Brend tarixi
Ma’lumot o‘rnida, «Moskvich» — Rossiyaning eng qadimiy avtomobil brendlaridan biri. U ilk bor 1930-yillarda «Moskva avtomobil zavodi» negizida tashkil etilgan. Brend o‘z tarixida xalq uchun arzon va ishonchli avtomobillar ishlab chiqarish bilan tanilgan. 2022-yilda u uzoq tanaffusdan so‘ng qayta tiklanib, zamonaviy dizayn va texnologiyalar asosida yangi modellarini taqdim eta boshladi. Hozirda «Moskvich» ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilib, Xitoy kompaniyalari — JAC va SAIC bilan hamkorlikda ishlamoqda.
MG RX9 Xitoyda MG QS nomi bilan eksport uchun ishlab chiqariladi. Mamlakat ichki bozoridagi savdolar 2025-yil mart oyida to‘xtatilgan, endi model asosan tashqi bozorlar, jumladan, Rossiya uchun mo‘ljallangan.
Avvalroq «Moskvich 8» sotuvi boshlangani haqida yozgan edik.