Avto

Yangi Moskvich M90 avtomobili qanday xususiyatlarga ega

Moskvich M90 avtomobili
Yangi Moskvich M90 avtomobili qanday xususiyatlarga ega / Foto: «Kitayskie avtomobili»

Rossiyada yaqinda yangi Moskvich M90 avtomobili savdoga chiqadi. Bu haqda «Kitayskie avtomobili» nashri xabar bermoqda. Model 7 o‘ringa mo‘ljallangan. U to‘liq uzatma tizimi va keng xavfsizlik tizimlari bilan jihozlanadi.

Model haqida

Yangi Moskvich M90 ning bazasi sifatida Xitoyning MG RX9 modeli tanlangan. U SAIC konserni tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Rossiyada aynan shu platforma asosida mahalliylashtirilmoqda.

Moskvich M90 avtomobili / Foto: SAIC

Avvalroq Moskva avtomobil zavodi JAC kompaniyasi bilan hamkorlikda «Moskvich 3», «Moskvich 6» va «Moskvich 8» modellarini ishlab chiqargan edi. 2025-yil yozida zavod SAIC bilan yangi hamkorlik shartnomasini imzoladi va birinchi natija sifatida «Moskvich M70» modeli ishlab chiqildi.

Endi esa SAIC bilan ikkinchi loyiha — «Moskvich M90» uchun sertifikatlash jarayoni boshlangan. Hujjatlarda avtomobil 2 litrli dvigatel bilan jihozlanishi aytiladi. Shuningdek, kolen, yon va xavfsizlik shtorlari kabi to‘liq havo yostiqlari tizimiga ega bo‘lishi qayd etilgan.

Foto: SAIC

Brend tarixi

Ma’lumot o‘rnida, «Moskvich» — Rossiyaning eng qadimiy avtomobil brendlaridan biri. U ilk bor 1930-yillarda «Moskva avtomobil zavodi» negizida tashkil etilgan. Brend o‘z tarixida xalq uchun arzon va ishonchli avtomobillar ishlab chiqarish bilan tanilgan. 2022-yilda u uzoq tanaffusdan so‘ng qayta tiklanib, zamonaviy dizayn va texnologiyalar asosida yangi modellarini taqdim eta boshladi. Hozirda «Moskvich» ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilib, Xitoy kompaniyalari — JAC va SAIC bilan hamkorlikda ishlamoqda.

MG RX9 Xitoyda MG QS nomi bilan eksport uchun ishlab chiqariladi. Mamlakat ichki bozoridagi savdolar 2025-yil mart oyida to‘xtatilgan, endi model asosan tashqi bozorlar, jumladan, Rossiya uchun mo‘ljallangan.

Avvalroq «Moskvich 8» sotuvi boshlangani haqida yozgan edik.